“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil qilindi
Press-turda Gurlan tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi. Shuningdek, tumandagi "O'yilma" mahallasida istiqomat qiluvchi Tamara O'razimbetova xonadoni o'rganilganida bir qator ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishi zarurligi aniqlandi. Keys menejment instrumentidan foydalangan holda keys ochildi.
1.Nevaralari uchun Tamara O'razimbetova nomiga vasiylik belgilandi.
2.Sanatoriyaga yo'llanma olish uchun ariza berildi.
3.Bolalar nafaqasi uchun ariza berildi.
4.Pullik xizmatdan foydalangan holda, assistent biriktirildi.
Gurlan tumani 50 ta mahallasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining 22 nafar ijtimoiy xodimlari faoliyat olib bormoqda. Markaz tomonidan 12 ta toifaga kiruvchi fuqarolarga 49 turdagi xizmatlar koʻrsatib kelinmoqda.
Tumanda Nogironligi boʻlgan shaxslar 3 410 nafarni tashkil qilib Shundan
I guruh – 411 nafar, II guruh – 2172 nafar, III guruh – 126 nafar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar – 701 nafarni tashkil qiladi.
Yil boshidan buyon 94 nafar fuqarolarga Protez-ortopediya moslamalari va Reabilitatsiya qilish texnik vositalari berildi.
TIEK tomonidan 758 nafar mehnatga layoqatli deb xulosa berilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning 36 nafari kasb-hunarga o‘qitilib, 81 nafar bandligi ta’minlandi.
2024-yil boshidan bugungi kunga qadar 210 nafar fuqarolarga homiylar tomonidan ijtimoiy yordamlar berildi.
Bugungi kunda 4654 ta oila “Ijtimoiy himoya yagona reyteri”ga kiritilgan.
Tumanimizda 2 nafar chin yetim bolalar uy bilan ta’minlandi. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardan 98 nafariga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 37 marta