Bosh sahifa RSS

Tuman haqida maʼlumot

Gurlan tumanining ma’muriy-hududiy tuzilishi

Gurlan tumani Xorazm viloyatining Shimolida joylashgan bo‘lib, hududi 447,4 kv.km ni tashkil qiladi. Gurlan tumani viloyat hududining 7,3 foizini egallaydi.

Tumanning sharqiy qismidan Amudaryo o‘tadi. Janubiy tomoni Yangibozor, g‘arbiy tomonlari Shovot, Turkmanistonning Tozabozor, qardosh Qoraqalpog‘istonning  Amudaryo tumanlari bilan chegaradosh. Viloyat markazi Urganch shahridan 36 km, Shovot temir yo‘l stansiyasidan 15 km masofada joylashgan. Geografik kengligi 41 daraja, 30 daqiqa, dengiz sathidan balandligi 110 m. Tumanning eng shimoliy chekka nuqtasi Gurlan tumani Olchin qishlog‘i yaqinidagi Nurmonbobo to‘qayiga to‘g‘ri keladi.

Markazi

Gurlan shaharchasi

Tashkil topgan vaqti

29.09.1926 y.

Umumiy maydoni, ming km2

0,44

Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni

50 ta

Qishloq aholi punktlari

31 ta

Shaharchalar

9 ta

2022-yil 1-yanvar  holatidagi doimiy aholi soni, ming kishi

152,0

sh.j.: erkaklar

77,0

Ayollar

75,0

Viloyat markazigacha bo‘lgan masofa, km

36 km

Chegaradosh viloyatlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Chegaradosh tumanlar

Tumanning sharqiy qismidan Amudaryo o‘tadi. Janubiy tomoni Yangibozor, g‘arbiy tomonlari Shovot, Turkmanistonning Tozabozar, qardosh Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanlari bilan chegaradosh


Noyabr 21, 2024
Муҳаррир: Jabberganov Orifjon
Кўришлар сони: 818 марта