Kambag‘allikdan farovonlik sari

Kambag‘al oilalar hayotini o‘zgartirish, turmush tarzini yaxshilash uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari!” dasturi amalga oshirilishi belgilandi!
Gurlan tumanida aholi bandligini ta’minlash, xususan ishsizlarni doimiy ishga joylashtirish, ularga kredit va subsidiyalar ajratish, kasb-hunarga o‘qitish orqali daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tumanda 2025-yil 1-yanvar holatiga Kambag‘al oilalar soni: 3 617 tani, kambag‘allik darajasi 8,2 foizni, ishsizlar soni 4 066 nafarni; ishsizlik darajasi: 6,2 foizni, “Ijtimoiy reestr”dagi fuqarolar 3 452 nafarni; “Yoshlar” daftaridagi fuqarolar 119 nafarni; “Ayollar” daftaridagi fuqarolar 4 698 nafarni; mehnat migrantlari 8 250 nafarni tashkil etadi.
Hurmatli Prezident, sizning 2024-yil 23-sentabrdagi PF-143-sonli farmoningiz ijrosi yuzasidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tumanda 430 ta kambag‘al oilalar viloyat darajasidagi 10 ta va tuman darajasidagi 76 ta rahbarlarga biriktirildi va 7 ta imkoniyat va mas’uliyat tamoyili asosida ishlar tashkil qilindi.
Shu qatorda menga “Marbugat” mahallasidan 5 ta kambag‘al oila biriktirilgan bo‘lib, ularda 23 nafar kishi istiqomat qiladi. Ushbu kambag‘al oilalar bo‘yicha chora-tadbir belgilab olindi va ijrosi bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan 5 nafari doimiy ishlarga joylashtirilib bandligi ta’minlandi, 8 nafar maktab yoshidagi farzandlari qiziqishlaridan kelib chiqib bepul qo‘shimcha to‘graklarga jalb qilindi, kambag‘al oilalaring xar bir a’zosi to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tumanda bandlik dasturi ijrosi bo‘yicha 2024-yilda 20 654 nafar aholi bandligi ta’minlanib, belgilangan reja 104 foizga bajarildi.
Xususan xizmat ko‘rsatish sohasida 6 700 ta (173 foiz), qishloq xo‘jaligida 12 960(86 foiz), qurilishda 782 (reja 111 foiz), investitsiya sohasida 212 tani (109 foiz) tashkil qilib, yil yakuni bilan tumanda 22 326 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
Tumanda 14,4 ming nafar aholi tadbirkorlikka jalb qilindi, jumladan, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga 10,7 ming, YaTT hisobiga 575 ta, yangi korxonalar tashkil etish orqali 494 ta, dehqon xo‘jaligi tashkil qilish hisobiga 2 612 tani tashkil qildi.
Hokim yordamchilari va tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshirilgan 1 531 ta mikroloyihalarda 3 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 68,5 mlrd so‘m kreditlar ajratildi, jumladan:
– oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 29,0 mlrd so‘m;
– “Biznesga birinchi qadam” dasturiga 4,5 mlrd so‘m;
– Biznesni rivojlantirish banki instrumentlari orqali har bir mahallada 3-5 tadan jami 420 ta tadbirkorlarga 35,0 mlrd so‘m ajratildi.
“Sayxunobod” va “Uychi” tajribasi asosida 280 ta xonadonlarga 7,2 mlrd so‘mlik moliyaviy ko‘maklar ko‘rsatilishi natijasida 840 nafar aholi daromadli mehnat bilan band bo‘ldi.
Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholini daromadli mehnat bilan band qilish maqsadida 1,7 ming nafar yoshlarga 370,0 gektar yer maydonlari ajratildi.
O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, xorijda ishlash istagi bo‘lgan yoshlardan 25 nafari nemis tili va 20 nafari koreys tiliga o‘qitish ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari 1,1 mingdan ortiq ishsiz fuqarolar turli xil yo‘nalishlarda kasb-xunarga o‘qitilib bandligi ta’minlandi.
Tumanda 2024-yilning yanvar-oktyabr oylarida sanoat mahsulotlari 107,8 foizga (548,5 mlrd so‘m), chakana savdo hajmi 108,4 foizga (905,0 mlrd so‘m) va xizmatlar hajmi 112,0 foizga (635,1 mlrd so‘m) bajarildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 3,5 mln so‘mni, xizmatlar 4,0 mln so‘mni tashkil qildi.
2024-yilning yakunigacha sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida jami qiymati 642,6 mlrd so‘m bo‘lgan 49 ta loyiha ishga tushirilishi hisobiga 989 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Tumanda iqtisodiyot tarmoqlari faolligini to‘liq tiklash, ijtimoiy sohalardagi mavjud masalalarni hal etish hamda aholi bandligini va daromadlarini oshirish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni belgilab oldik.
Kambag‘al oilalar sonini 3 035 tagacha pasaytirish, ishsizlik darajasi 3,8 foizgacha tushirish, tadbirkorlik sub’ektlari sonini 2 950 taga yetkazish, yakka tartibdagi tadbirkorlar sonini 1 566 nafarga yetkazish, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sonini 26 371 nafarga yetkazish choralari ko‘riladi.
“Sayxunobod tajribasi” asosida 57,6 mrld so‘mlik kreditlar hisobiga 2 000 ta mikroloyihalarni, shuningdek, banklar o‘zlari biriktirilgan har bir mahallada namuna qilib ko‘rsatish uchun kamida 10 ta kam daromadli xonadonlar daromadini 60-70 mln so‘mdan oshirish yuzasidan loyihalar amalga oshiriladi.
“Uychi tajribasi” asosida banklarning 435 ta faol mijozlari bilan 72 ta uchrashuvlar tashkil etib, uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish orqali 352 nafar aholini doimiy ishga joylashtiriladi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 6 250 nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘riladi.
“Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili asosida aholiga ijaraga ajratilgan yer maydonlarida jami 40 gektar yer maydonida loyihalarni amalga oshirilishi orqali 114 nafar aholi bandligi ta’minlanadi;
dasturlar doirasida 48,7 mlrd so‘mlik kreditlar ajratiladi, jumladan:
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 23,7 mlrd so‘m;
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 19,0 mlrd so‘m;
“Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 6,0 mlrd so‘m;
“Hamroh” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 1,9 mlrd so‘m kreditlar ajratiladi,
mahallalarda 1 495 nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi, 162 nafari chet tiliga o‘qitish orqali tashkillashtirilgan tartibda mehnat migratsiyasiga yuboriladi.
2024 yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari hajmi 595,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘sish sur’ati 108,7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 3,0 trln so‘mni tashkil qilib, 104,3 foizga, xizmatlar hajmi 714,2 mlrd so‘mni tashkil qilib, 115,2 foizga o‘sishi rejalashtirilgan.
Ushbu ko‘rsatkichga quyidagi omillar hisobiga erishamiz.
Joriy yil yakuni bilan qiymati 262,7 mlrd so‘m bo‘lgan 71 ta loyiha ishga tushirilib, 1 024 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Shundan, sanoat sohasida qiymati 95,5 mlrd so‘mlik 19 ta loyiha ishga tushuriladi, 403 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Shuningdek, sanoatda faoliyat ko‘rsatmayotgan 18 ta va “nol” qiymatda hisobot topshirgan 15 ta korxonalarining faoliyatini tiklash hisobiga qo‘shimcha 3,2 mlrd so‘mlik hamda 12 ta kam quvvatda ishlayotgan korxonalarga amaliy yordam berish orqali qo‘shimcha 3,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqaramiz.
Xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1 150 dan ortiq shoxobcha va loyihalarni amalga oshirish hamda 258 ta korxonalar faoliyatini qayta tiklash hisobiga qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida xizmatlar o‘sish sur’ati 115,2 foizga yetkaziladi.
To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligida qiymati 32,8 mlrd so‘m bo‘lgan 22 ta loyiha amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Gurlan tumani hokimi
O‘razbayev Ruslan Xajibayevich
Муҳаррир: Jabberganov Orifjon
Кўришлар сони: 4 марта