my.gov.uz portalida ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi!
2023-yilning 1-mayidan boshlab YIDXP (my.gov.uz)da “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmati yoqildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi:
- Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugaganidan soʻng qayta ariza berilishi mumkin;
- Subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1-dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
May 01, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 452 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 452 marta