Yoshlar yetakchilariga e’tibor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli Qaroriga asosan mahallalarda tashkil etilgan yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada jonlantirish va samarali tashkil etish maqsadida Gurlan tuman hokimi Murodjon Achilov boshchiligida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, bugun "Yoshlar jamg‘armasi" mablag‘lari hisobidan tumandagi mavjud 50 ta mahalla yoshlar yetakchilarining ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida ularning har biriga sport anjomlari bilan birga kitoblar jamlanmasi va boshqa sovg‘alar topshirildi.
Tuman hokimi yoshlar yetakchilari uchun yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlar orqali mahallalarda yoshlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish, ko‘zlangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 531 marta