Yirik investorlar gurlan tumanida
Joriy yilda Xitoylik investorlar Gurlan tumanining biznes salohiyati hamda joylashuvi bilan tanishishi va shunga ko‘ra, keyingi rejalar tuzilishiga kelishib olingan edi.
Hozirda, Xitoylik bir qator yirik investorlar tuman masʼullari hamrohligida tumanimiz bo‘ylab tadbirkorlik qilish uchun qulay hududlarda o‘rganish olib bormoqda.
Xususan, Chinobod hududida yangi loyihalarni tashkil etilishi ham investorlarni befarq qoldirmadi.
Tuman hokimi Ruslan O‘razbayev tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ushbu loyihalar bilan xitoyliklarni joyida tanishtirdi.
Uchrashuvda tuman rahbari kelishuv doirasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilishini alohida ta'kidlab o'tdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 68 marta