Yashil energiya-iqtisodiy taraqqiyot tayanchi

Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan Gurlan tumanida elektr energiya va tabiiy gazni iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda, fermer xo‘jaligi rahbarlari, tadbirkorlik subyektlari, yirik isteʼmolchilar, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu seminarda tegishli mutaxassislar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazning yetkazib berish tahlillari, quyosh panellarining afzalliklari, tadbirkorlik subyektlariga bo‘lib to‘lash sharti bilan hamda aholi xonadonlariga kredit mablag‘lari hisobidan quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mas‘ullar tomonidan batafsil ma‘lumotlar berildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 09, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 52 marta