Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan ochiq muloqot

Gurlan tumanida "Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish,tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalar” mavzusida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Unda Gurlan tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda amaliyotchi psixologlar ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi Ruslan O’razbayev  ishtirok etib, tadbirda jam bo‘lgan o‘qituvchilar orqali tumanimizdagi barcha pedagoglarni Mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami bilan tabriklab, tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritildi.

Ochiq muloqotda so’zga chiqqanlar o‘quvchi-yoshlarning ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha ustuvor vazifalari hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirildi.

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Avgust 24, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 66 marta