Yangi o’quv tili boshlandi

Yangi o‘quv yilining ilk  mashg‘uloti  Urganch davlat universitetida ham "Mustaqillik darsi" bilan boshlandi. Unda viloyat hokimi Jo‘rabek  Raximov ishtirok etdi va talabalarga mustaqillikga erishish hamda  uni mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatlar, mamlakatimizning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti, xalqaro hamjamiyatdagi obro‘- e’tibori haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar xususida to‘xtaldi.

Ta’kidlash joiz, mazkur  universitetda  66 ta kunduzgi, 27 ta sirtqi, 1 ta masofaviy ta’lim yo‘nalishlari, 42 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 30 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bu yil kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib 6 ta yangi ta’lim yo‘nalishi va 5 ta  magistratura mutaxassisliklari ochildi.  Yangi o‘quv yili arafasida universitetda 5 ta sport turi bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan 6 ta o‘yin maydonlarini o‘z ichiga olgan yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, zamonaviy loyiha asosida axborot-resurs markazi va talabalar yotoqxonasi qurilishi amalga oshirilmoqda.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Sentabr 09, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 88 marta