Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!

Gurlan tumanidagi “Bog’iston”, “Fidokor”, “Shodlik”, “Qangli”, “Oqqum” va “Olchin” mahallalari aholisi ishtirokida  “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari Q.Xudayberganov, M.Samandarov ishtirok qilib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fuqarolarning xabardorligini oshirish, insonlardagi ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish, hududda pozitiv jamoatchilik fikrini shakllantirish, fuqarolarni islohotlarga safarbar etish, bunyodkorlikka chorlash hamda aholining ruhiyatini ko‘tarish borasida qilinishi zarur bolgan ishlar to'g'risida fikr-mulohazalarini birdirdi.

Tadbir davomida tuman madaniyat  bo‘limi tomonidan kuylangan kuy-qoʼshiqlar barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 10, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 199 marta