Yangi Oilaviy poliklinika aholiga xizmat qilishni boshladi

Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan Gurlan tumani “Ziyokor” mahallasidagi 10-son Oilaviy poliklinika binosi to‘liq rekonstruksiya qilinib, bugun foydalanishga topshirildi.  

Ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, tuman hokimi Ruslan O‘razbayev, sektorlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy tibbiy asbob-anjom bilan taʼminlangan bino ushbu hududdagi 7 ta mahallada istiqomat qiluvchi 23 mingdan ortiq aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishni boshladi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 29, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 24 marta