Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!
30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Gurlan tumani Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirok etib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi” gʻolib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Konsert dasturida viloyat hamda tuman Madaniyat bo’limining iste’dodli xonandalari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan yoshlarimizga yuqori kayfiyat ulashdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 323 marta