YOSH OILA QURUVCHILAR UCHUN O‘QUV MASHG‘ULOTLARI
Gurlan tuman hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va tuman FXDYO organi hamkorlikda “Oila maktabi” ish rejasi asosida "Oila to‘g‘risida"gi qonun hujjatlari va ularning vazifalari, tibbiy ko‘rikning maqsadi va ahamiyati, oila mustahkamligining ijtimoiy psixologik omillari, tibbiy madaniyat sog‘lom avlod garovi ekanligi, bola, ota-ona huquqlari, er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari mavzularidagi o‘quv darslari qo‘llanmalar, bukletlar yordamida olib borilmoqda.
Bugun mashg‘ulotlarni tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Babajanova, xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Xudayarov, Yoshlar ishlari agentligi Gurlan tuman bo‘limi boshlig‘i Sh.Bekchanov vа psixologlar olib bordilar.
Tashkil qilingan 16 soatlik o‘quv kursini tamomlagan yosh oila quruvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 827 marta