YOSH KELIN KUYOVLARGA KULOLCHILIK MAHSULOTLARI TOPSHIRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi "Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5033-sonli qarorining yettinchi bandida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda har yili "Temir daftar", "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yangi turmush qurayotgan yuz ming nafar xotin-qizlarga reja bo‘yicha kulolchilik mahsulotlari to‘plamlarini sovg‘a qilish tizimini yo‘lga qo‘yish belgilab berilgan.
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan bugun Gurlan tumanida yangi oila qurayotgan yosh kelin kuyovlarga kulolchilik mahsulotlari topshirildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 633 marta