Xotin-qizlarni eʼzozlash haftaligi

“Xotin-qizlarni eʼzozlash haftaligi” doirasida bugun Gurlan tumanining barcha mahallalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tmoqda.

Jumladan, 19-son umumiy o‘rta taʼlim maktabida mahalladagi nuroniy onaxonlar, opa-singillar va maktab o'quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Babajanova, xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Xudayarov, tuman Kengashi deputati Z.Saparboyeva ishtirok qildi.

Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari hamda maktab o‘quvchilari tomonidan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Mart 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 657 marta