Xorazm viloyatida sportning ''Sambo'' turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi o‘tkazildi

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada sportchilar jami yetti vazn toifasida o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishdi.

 Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra:

faxrli birinchi o‘rinni Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi jamoasi

faxrli ikkinchi o‘rinni Qalqon brigadasi jamoasi

faxrli uchinchi o‘rinni Qo‘riqlash bosh boshqarmasi jamoalari qo‘lga kiritdilar.

 

G'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar diplom, medal va kuboklar bilan taqdirlandilar.Albatta, bunday musobaqalar kelgusida ushbu sport turini yoshlar o‘rtasida ommalashishi va ularning xalqaro musobaqalarda vatanimiz sharafini himoya qilishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 14, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 192 marta