Xonqa tumanida Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli o‘tkazildi
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy qabuli Xonqa tumanida o‘tkazildi. Asosan Orolbo‘yi hududi aholisi uchun tashkil etilgan ochiq muloqotlarda Prezident Xalq qabulxonasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Xorazm viloyati hokimligi rahbarlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari chuqur o‘rganilib, qonuniy hal qilish choralari ko‘rildi. Qabulda aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ilk bor murojaatlarni elektron navbatga qo‘yish tizimidan foydalanildi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 291 marta