Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining oltmish to’rtinchi sessiyasi

Bugun Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining oltmish to’rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shokir Xudayarov raislik qildi.

Sessiya kun tartibida 6 ta masala ko‘rib chiqildi.

  1. Gurlan tumanda ehtiyojmand oilalarni “Temir daftar”ga kiritish va chiqarish, moddiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  2. Gurlan tumanida “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarni “Yoshlar daftari”dan chiqarish bo’yicha joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
  3. Gurlan tumanidagi 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son farmoniga asosan ko‘rsatilgan nomzodlardan munosibini tayinlash to‘g‘risida.
  4. Gurlan tumanidagi 23-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son farmoniga asosan ko‘rsatilgan nomzodlardan munosibini tayinlash to‘g‘risida.
  5. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dagi mablag‘larni mazkur tadbirlarga yo‘naltirish to‘g‘risida.
  6. Gurlan tumani hokimining sessiya oralig‘ida qabul qilgan qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikrlarini bildirdilar. Sessiya kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.

Sessiya tuman hokimligi axborot xizmatining rasmiy sahifalari orqali jonli yoritib borildi.

Havolaga o'tish

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 580 marta