Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining ellik uchinchi sessiyasi
Bugun xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining ellik ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tuman hokimi Murodjon Achilov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tuman dehqon bozoridagi tadbirkorlar va nuroniylar ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tumanda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash hamda Ramazon oyida bozor va savdo do’konlarida go'sht, tuxum, un, yog' va iste'molga zarur bo’lgan mahsulotlarning narxlarini oshirmaslik va fuqarolar uchun barcha sharoitlarni yaratish borasida tuman hokimi Murodjon Achilov, tuman bosh imomi, nuroniylar va tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan tadbirkorlar tomonidan Ramazon oyida bozorda go‘shtning 1 kilogrammini 50 ming so‘mdan hamda oziq-ovqat mahsulotlarining narxini 10 foiz arzonlashtirgan holda sotish tashabbusini bildirdilar.
Shuningdek, sessiya kun tartibidagi:
- Gurlan tumanida “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi moddiy yordam muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov hisoboti;
- Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari N.Babajanova hisoboti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 22-martdagi 02-RA 1-3987-son topshirig‘iga asosan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Atashev hisoboti tinglandi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 643 marta