GURLAN TUMANI “NUROBOD” MAHALLASIDA YASHOVCHI AHOLI BILAN DAVRA SUHBATI
Gurlan tumani “Nurobod” mahallasidagi Madaniyat uyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-6243-sonli farmonining mazmun-mohiyati to'g'risida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Unda Xorazm viloyati sudi raisi o'rinbosari A.Matkarimov va viloyat sudyalari M.Yo'ldosheva, X.Baltayev, J.Kuryazov, G'.Mirzayev, Z.Sultonov, A.Raximovlar hamda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Babajanovalar ishtirok qildilar.
Davra suhbati ochiq muloqot tarzida davom etib, fuqarolar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 778 marta