XALQ VA ARMIYA - BIR JON-U BIR TANDIR!
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona yurtga sadoqatli va jasur qilib kamolotga yetkazish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
DXX chegara qo‘shinlarining 9203-harbiy qism “U” chegara qo‘riqlash vzvodi harbiy xizmatchilari tomonidan chegara oldi hududida joylashgan umumiy o‘rta taʼlim maktablari bilan doimiy ravishda vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Gurlan tumanidagi 38-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchi yoshlari ishtirokida "Xalq va armiya - bir jon-u bir tandir!" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Bu tadbirda o‘quvchi yoshlarga harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy texnika va qurol-aslaha ko‘rgazmasi hamda xizmat itlarining chiqishlari namoyish etildi.
Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 581 marta