XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMAN KENGASHINING QIRQ YETTINCHI SESSIYASI
Bugun Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining qirq yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Murodjon Achilov raislik qildi.
Sessiya kun tartibida:
- Gurlan tumanida 2021 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda 2022 yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov hisoboti.
- Gurlan tumanining 2022 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida tuman Moliya bo‘limi mudiri J.Xasanovning axboroti.
- Tumanda 2-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning bir qismini ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Babajanova hisoboti tinglandi.
Deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Dekabr 30, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 684 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 684 marta