XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMAN KENGASHINING QIRQ UCHINCHI SESSIYASI

Bugun Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada viloyat prokurori o'rinbosari X.Yavbasarov, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, deputatlar, fermer xo'jaligi va tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Murodjon Achilov raislik qildi.

Sessiya kun tartibidagi 10 ta masala yuzasidan axborotlar tinglandi.

1.Tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 4 ta sektor rahbarlarining hisobotlari.

2.Gurlan tumanidagi ehtiyojmand oilalarni kambag'allikdan chiqarish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.

3.Gurlan tuman prokurori K.Raxmanovning 2021-yil 9 oyi davomida qonuniylik va jinoyatchilik ahvoli yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida.

4.Gurlan tumanida 2021-yil 9 oy davomida byudjet daromadlariga belgilangan prognoz ko'rsatkichlarni ijrosi to'g'risida davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i A.Urazbayev hisoboti.

5.Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning xalq deputatlari tuman Kengashi bilan hamkorligini yo'lga qo'yish to'g'risida kotibiyat mudiri Sh.Xudayarov axboroti.

6.Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning bir qismini ro'yxatdan chiqarish to'g'risida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Babajanova hisoboti.

7.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 250-sonli qarori ijrosini Gurlan tumanida ta'minlash to'g'risida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Babajanova hisoboti.

8.Gurlan tumani mahalliy byudjetining 2021-yil 3-chorak ijrosi to'g'risida tuman moliya bo'limi mudiri J.Xasanov hisoboti.

9.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muxandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4929-sonli qarorining  tumandagi ijrosi bo'yicha Gurlan tumanida aloqa va axborotlashtirish  texnalogiyalari yo'nalishida bajarilgan ishlar to'g'risida Gurlan tuman telekommunikatsiya bog'lamasi boshlig'i M.Matmuratovaning axboroti.

10.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-martdagi “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021-yil hosili uchun qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to'g'risida”gi 121-sonli qarori, Xorazm viloyati hokimining 2021-yil 10-martdagi 74q-sonli qarori Gurlan tumani hokimining 2021-yil 13-martdagi 743-sonli qarorilarining tumanda ijrosi yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari B.Atashev hisoboti tinglandi.

Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo'yicha Kengashining tegishli qarorlari  qabul qilindi.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 05, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 779 marta