XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMAN KENGASHINING QIRQ TO'RTINCHI SESSIYASI
Bugun Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining qirq to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, deputatlar, tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Murodjon Achilov raislik qildi.
Sessiya kun tartibidagi 7 ta masala yuzasidan axborotlar tinglandi.
- Gurlan tumani xududida sodir etilgan jinoyat va jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida 2021-yilning 10 oyi yakuni bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni to'g'risida Gurlan tuman IIB boshlig'i o'rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i H.Masimov hisoboti.
- Gurlan tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan 2021-yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri J.Matsapayev hisoboti.
- Tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning bir qismini ro'yxatdan chiqarish to'g'risida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Babajanova hisoboti.
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 250-sonli qarori ijrosini Gurlan tumanida ta'minlash to'g'risida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi N.Babajanova hisoboti.
- Gurlan tumani mahalliy byudjetining 2021-yil 3-chorak yakuni bo'yicha daromadlari rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag' ajratish to'g'risida tuman hokimining birinchi o'rinbosari U.Davlatov hisoboti.
- Tumanda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning bir qismini ro'yxatdan chiqarish to'g'risida tuman yoshlar ishlari agentligi rahbari Sh.Bekchanov hisoboti.
- Gurlan tumanidagi 8-son umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori lavozimiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli farmoniga asosan ko'rsatilgan nomzodlardan munosibini tayinlash to'g'risida tuman halq ta'limi bo'limi mudiri vazifasini bajaruvchi X.Salimov axboroti tinglandi.
Deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo'yicha Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 696 marta