XALQ DEPUTATLARI GURLAN TUMAN KENGASHINING QIRQ SAKKIZINCHI SESSIYASI

Bugun Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Murodjon Achilov raislik qildi.

  1. Tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vadolzarb masalalari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan 4 ta sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
  2. Gurlan tuman prokurori yordamchisi A. Qalandarovning 2021-yil davomida qonuniylik va jinoyatchilik ahvoli yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
  3. Gurlan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Do‘smetovning jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti.
  4. “Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi va ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida” tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Tangirberganov hisoboti
  5. Gurlan tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Raximovning 2021-yil 4-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gurlan tumanidagi Xalq qabulxonasining 2021-yil yakuni bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash faoliyati to‘g‘risida axboroti.
  7. Gurlan tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasining 2021-yil 4-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
  8. Gurlan tumanidagi ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Jumatovning hisoboti.
  9. Majburiy ijro byurosi Gurlan tuman bo‘limi tomonidan 2021-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
  10. Gurlan tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan “Tuman xalq ta’limi tizimida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022-yildagi ustuvor vazifalar” to‘g‘risida.
  11. Xorazm viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Gurlan tuman inspeksiyasi tomonidan tumanda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
  12. Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi va doimiy komissiyalarining 2022-yil uchun ish rejalari tasdiqlash hamda tuman Kengashi va doimiy komissiyalari ekspert guruhlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
  13. Gurlan tumani hokimining sessiyalar oralig‘ida qabul qilgan qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida hisobotlar tinglandi.

Deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.

Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha Kengashining tegishli qarorlari  qabul qilindi.

 

 Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 21, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 1019 marta