Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining elliginchi sessiyasi
Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining elliginchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tuman hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyaga tuman Kengashi deputati Sh.Xudayarov raislik qildi.
Sessiya kun tartibidagi 11 ta masala yuzasidan axborotlar tinglandi.
- Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudi raisi Jasur Axmedovning 2021-yilning 4-choragidagi ish faoliyati yuzasidan axboroti.
- Shovot tumanlararo iqtisodiy sudi sudiyasi Hayitboyev Baxrom Iskandarovich tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti.
- Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi raisi Eshchanov Doniyorbek Komiljanovichning 2021-yil faoliyati haqidagi axboroti.
- Gurlan tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash natijalari to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich axboroti.
- Gurlan tumanidagi ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich hisoboti.
- Gurlan tuman hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Jumagaldiyev Umidjon Usmanboyevichning investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hisobotini eshitish.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-5020 son qarorining tumanda ijrosi, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd, suiqasd qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Babajanova Nurxon Rustamovna hisoboti.
- Gurlan tumanida “Ayollar daftari”ga 3 bosqichda kiritiladigan xotin- qizlarning ro‘yxatlarini hamda “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-sonli qarori ijrosini Gurlan tumanida ta’minlash to‘g‘risida.
- Gurlan tumanidagi qabriston nomlarini rasmiylashtirish hamda Gurlan tumanidagi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va qayta nomlash to‘g‘risida Gurlan tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xaytimmetov Shuxrat Tangirberganovich axboroti.
- Tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlardan kasb-hunarga o‘rgatilgan, ularning bandligi ta’minlangan, biznes tashabbuslari qo‘llab-quvvatlangan, ijtimoiy himoyasi kuchaytirilgan va muammolari hal etilgan yoshlarni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Bekchanov Shavkat Xudoyberganovich hisoboti tinglandi.
Deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar bo'yicha Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Fevral 04, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 624 marta
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 624 marta