Vatanga sodiq yoshlar
Yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, ishchanlik ruhida tarbiyalash maqsadida Gurlan tumanida Qurolli Kuchlar Akademiyasi professor o’qituvchilari va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda "Vatanga sodiq yoshlar" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlarga taalluqli barcha dolzarb masalalar keng va to‘laqonli qamrab olindi. O‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi g‘oya va tashabbuslari yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga javob olishdi.
Shuningdek, oʻquv mashgʻulotlarida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘t o‘chirish avtomobilida mavjud yong‘in o‘chirish anjomlari namoyishi, harbiylarning qurol-aslahalar koʻrgazmasi, qoʻriqlash boʻlimining vazifalari va mashgʻulotlari oʻrgatildi hamda amaliy tarzda koʻrsatib berildi.
Tadbir yakunida yoshlar uchun dasturxon yozildi, konsert dasturi namoyish qilindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 164 marta