Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi
Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi. 36 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi. Gurlan tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etdi. Ushbu maktab joriy yilda 9 mlrd 400 mln so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlandi va o‘quvchilarning puxta bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Viloyat hokimi maktab jamoasini yangi o‘quv binosi, o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlab, kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi.
Shuningdek, viloyat hokimi Urganch shahridagi joriy yilda mukammal ta’mirlangan 13-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni bilan tanishdi, 1-sinf o‘quvchilariga chiroyli portfel va o‘quv qurollari to‘plamidan iborat "Prezident sovg‘asi"ni topshirdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 59 marta