UYMA-UY YURIB AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANILMOQDA
Bugun Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nodir Musamuhamedov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Qudratbek Igambergenov tuman hokimi Murodjon Achilov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda tumandagi “Vatanparvar” mahallasida xonadonbay yurib aholi murojaatlari bo'yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida tadbirkorlik qilish istagi bor har bir oila vakillari uchun imtiyozli kreditlar olish borasida tushunchalar berildi.
Shuningdek, mahalladagi faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammo va takliflari tinglandi.
Kelib tushgan mazkur taklif va tavsiyalar qatʼiy nazoratga olinib, aholiga keng imkoniyatlar yaratish borasida masʼullarga topshiriqlar berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 608 marta