Tuman jamoatchilik Kengashi a‘zolari bozordagi narxlarni o’rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 31-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlarning bajarish va narx-navoni barqarorligini taʼminlash maqsadida tuman hokimi Murodjon Achilov va tuman jamoatchilik Kengashi a‘zolari bilan birgalikda dehqon bozorida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Tuman hokimi mutasaddi tashkilot rahbarlari, tadbirkor hamda sotuvchilar bilan suhbatlashib, bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligi va xavfsizligini hamda xalqimizni arzonlashtirilgan oziq - ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash borasida topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 547 marta