Tuman hokimi madadkor mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov “Madadkor” mahallasi yoshlari bilan uchrashdi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Tlavov, mutasaddi tashkilot vakillari, mahalla fuqarolari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan qabul davomida fuqarolar va yoshlarning tibbiyot, bandlik, kredit va tadbirkorlik qilish hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarining ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar va murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 31, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 575 marta