Transport boshqarmasida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarorining 3-bandiga asosan, Xorazm viloyatida 2024-yil 1-yanvardan Urganch shahrida avtobus yo‘nalishlarining yangi tarmog‘i joriy etilishi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Bugungi kunda Transport boshqarmasi huzurida “Xorazm yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu muassasada 2024-yil 1-yanvardan avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati faoliyati yo'lga qo'yiladi. Shuningdek, Urganch shahar ichi avtobus yoʻnalishlari dispetcherlik xizmatiga ulanishi rejalashtirilgan.
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 190 marta