Tibbiyotdagi islohotlar

  Mustaqilligimizning 33 yiligi bayrami munosabati bilan Gurlan tumani tibbiyot birlashmasida 50 o‘ringa mo‘ljallangan Tumanlararo qo‘shma jarrohlik va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazida Gemodializ bo‘limi ishga tushirildi. 

Ushbu bo‘limda 2 nafar malakali Nefrolog shifokorlar va 2 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat ko‘rsatadi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2 ta Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan Gemodializ apparaturalari yetkazib berilib ishga tushirilib gemodializga muhtoj aholi qatlamiga gemodializ xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Avgust 30, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 24 marta