Texnotur

Gurlan tumanini barcha sohalarda  innovatsion rivojlantirish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari taniqli olim va mutaxassislari ishtirokida qishloq xo‘jaligi (melioratsiya, urug‘chilik, paxtachilik, o‘simliklar himoyasi sohalari) yo‘nalishlari bo‘yicha uchrayotgan muammolarga ilmiy yechim topish maqsadida TEXNOTUR tadbiri o‘tkazildi. 

Texnotur davomida tumandagi “Rajab sit” va “Oqman usta” fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurib, yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha muammolar o‘rganildi hamda  ilmiy yechimlar taklif qilindi. Tadbir natijasida qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunanda organizmlariga qarshi kurashishning zamonaviy tizimini ya’ni GIZ texnologiyalari asosida monitoring va kurashish tizimini tumanda fermer xo‘jaliklarida joriy qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 27, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 37 marta