Termiz – Hayraton  ko‘prigi haqida nimalarni bilasiz?

O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan bog‘lovchi Termiz – Hayraton temir yo‘l-avtomobil ko‘prigining uzunligi 816 metr bo‘lib, 1981 yilda qurilgan. U dastlab 1888 yilda yog‘ochdan, 1902 yilda temirdan qurilishi boshlangan ko‘prik o‘rnida barpo etilgan.

1902 yilda boshlangan temir ko‘prik qurilishiga 5 million rubl ajratilgan bo‘lib, o‘z vaqtida bu juda katta mablag‘ hisoblangan. Ko‘prikning mustahkamligini ta’minlash uchun tajribali muhandis-quruvchilar uni 27 qavatdan iborat qilib qurishgan. Ehtimol, shu sababli keyingi ta’mirlash ishlari bu qurilishdan 77 yil o‘tgandan keyingina amalga oshirilgandir.

 

1990 yillarda “Do‘stlik” ko‘prigi nomi Termiz – Hayraton nomiga o‘zgartirildi. 1996 yilda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘prik yopib qo‘yildi. 2001 yilda u qayta ochilib, Afg‘oniston hududiga  ilk bor insonparvarlik yordami o‘tkazildi. 2002 yildan buyon ushbu ko‘prik ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarida muhim rol o‘ynamoqda.

 

Manba:  https://t.me/hudud_inform


Aprel 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 2352 marta