Tashabbusli budjet

Hurmatli yurtdoshlar! 

Xorazm viloyati hududi bo'yicha 2022-yilgi birinchi yarim yillik tashabbusli budjet jarayonining fevral oyidagi bosqichlari doirasida bugungi kunga qadar fuqarolar tomonidan berilgan ovozlar soni 358,7 mingdan oshdi!

Ma'lumot uchun: Tashabbusli byudjet jarayonini o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan tartibga muvofiq, fuqarolar tomonidan takliflar respublikaning istalgan hududi bo‘yicha faqat bir marotaba berilishi mumkinligi hamda bildirilgan taklif mazmunan yagona ijtimoiy muammoni o‘zida aks ettirishi lozimligi belgilangan.

O‘z tashabbusingiz uchun ovoz to‘plashda davom eting. Unutmang, Sizning tashabbusingiz yashab turgan hududingiz turmush tarzini yanada yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

“Tashabbusli budjet” – bu so‘z har birimiz uchun yaqin va tanish bo‘lib ulgurdi, tashabbus bu ishonch va umid so‘zlari bilan endilikda hamohang bo‘lmoqda hamda barchamizni bir maqsad yo‘lida birlashtirmoqda.


Mart 29, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 640 marta