Targ‘ibot karvoni Gurlan tumanida

Gurlan tumanida "Ma'naviyat festivali" doirasida tuman tibbiyot birlashmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zolari Tarix fanlari doktori, professor- Dilorom Bobojonova, O’zbekiston xalq hofizi - Abdunabi Ibrohimov, TTA Urganch filiali yoshlar yetakchisi- Fazliddin Ro‘zmatov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Gurlan tuman bo‘linmasi xodimlari ishtirokida Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to'xtalib o'tdilar.

Shundan so‘ng targ‘ibotchilar tuman Axborot kutubxona markazida mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil qilindi.

Shuningdek, "Mehr va saxovat" loyihasi doirasida “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zolari tumandagi “Bog‘ishamol” hamda “Ishonch” mahallalarida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda bo’lib, ularga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda tuman hokimligining sovg'alari taqdim etildi.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Iyun 07, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 219 marta