Tadbirkorlar bilan uchrashuv
Prezidentimizning raisligida 1-mart kuni Xorazm viloyatida faollar bilan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan, bugun Gurlan tuman hokimligi katta majlislar zalida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Respublika ishchi guruhi vakillari, sektor rahbarlari, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari, va tadbirkorlar ishtirok qildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarga Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi chog‘ida Xorazm viloyati tadbirkorlariga bir qator imtiyozlar berganligi tushuntirildi.
Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan biznes va sohani rivojlantirish uchun kreditlar ajratish, faoliyatini kengaytirishda joy masalasi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan deyarli barcha masalalarga ijobiy yechimi topilib, hal etish choralari ko‘rildi. Ayrim o‘rganish va vaqt talab etiladigan masalalar tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga biriktirib, ijrosi nazoratga olindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 153 marta