Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Gurlan tuman hokimligining katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes ombudsmani bosh inspektori A.Boltayev, tuman hokimining birinchi o’rinbosari U.Davlatov hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida investitsion loyihalarida duch kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Tadbirda hududlarda qulay investitsiya muhitini yaratish, xorijiy investorlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalalari haqida fikr yuritildi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim izlandi va nazoratga olindi.

Amalga oshirilishi  rejalashtirilgan investitsiya loyihalari kelajakda tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirishda, qolaversa, aholining turmush darajasi yanada yaxshilanishida o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 599 marta