Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Gurlan tumanida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash,  mahalliy ishlab chiqaruvchilarni  rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun  qulay shart-sharoitlarni yaratib berish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbirkorlar  faoliyatlarini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha o‘zlarining qator takliflarini bildirdilar, ayrim  muammolari yechimida amaliy yordam so‘radilar. Muloqot yakunida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega biznes loyihalarni moliyaviy qo‘llab- quvvatlash chora- tadbirlari belgilandi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Iyul 08, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 129 marta