TUMAN TADBIRKORLARI BILAN UCHRASHUV

Bugun Gurlan tuman hokimligining katta majlislar zalida viloyat prokurori o‘rinbosari G‘ayrat Abdullayev boshchiligidagi mutasaddilar tumanda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosarlari va tegishli tashkilot rahbarlari hamda sohaga aloqador mutasaddilar ishtirok etdi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, tavsiyalar, keltirilgan muammoli masalalar joyida o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Ushbu uchrashuvda tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari eshitildi va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Fevral 23, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 570 marta