ТУМАН ҲОКИМИ ҚАРОРИ

2022-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ 642-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, tuman (shahar)da ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash maqsadida

QAROR QILAMAN:

  1. Gurlan tumanida 2022-yil uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Ushbu qarorning 1-ilovasida ko‘rsatilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xodimlarning ro‘yxati bo‘yicha o‘rtacha sonidan kelib chiqqan holda 153 kishini
    tashkil etadigan ish ormi 100 foiz miqdorida, shu jumladan:

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek, ko‘p bolali oilalarning ota-onalari uchun 46.4 foiz (71 ta ish o‘rni);

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar uchun 39.8 foiz (61 ta ish o‘rni);

“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari uchun 3.2 foiz  (5  ta ish o‘rni);

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun 2.6 foiz  (4 ta ish o‘rni);

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun  1,3 foiz  (2 ta ish o‘rni);

pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun 1,9 foiz  (3  ta ish o‘rni);

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun  3.2 foiz  (5 ta ish o‘rni);

odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1.3 foiz  (2 ta ish o‘rni);

  1. Ushbu toifa shaxslar uchun ish o‘rinlari xodimlar tomonidan o‘zlarining mehnat majburyatlarini to‘siqlarsiz bajarishini ta’minlaydigan sanitariya va gigiena normalari hamda mehnat sharoitlariga muvofiq bo‘lishi ta’minlansin, shu jumladan:

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek, ko‘p bolali oilalarning ota-onalari uchun — bolalarni tarbiyalash majburiyatlari va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rinlari;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini  hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan hamda “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga hamda mutaxassisligiga muvofiq bo‘lgan ish o‘rinlari;

muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar uchun ularning professional tayyorgarligiga mos bo‘lgan ish o‘rinlari;

nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazilgan va xodimga sog‘lig‘ining holatini hamda mehnat faoliyatiga doir belgilangan qarshi ko‘rsatmalar hisobga olingan holda mehnat majburiyatlarini moneliksiz bajarish imkonini beradigan ish o‘rinlari.

pensiyaoldi yoshidagi shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligiga mos bo‘lgan yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar uchun - ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish o‘rinlari;

odam savdosi qurbonlari uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan, xarakterli talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan ish o‘rinlari tashkil qilinsin.

  1. Tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
    5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarga ko‘rsatilgan ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlasinlar.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 31-mayda ro‘yxatga olingan, ro‘yxat raqami 3163) buyrug‘iga asosan subsidiya ajratib berish tartibi bo‘yicha ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining
    2 baravari miqdorida haq to‘lash belgilanganligi inobatga olinsin.
  3. Ushbu qarorning ikkinchi ilovasida ko‘rsatilgan korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilingan kasb va lavozimlar tashkil qilinsin.
  4. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish bo‘yicha mazkur qaror ijrosini bajarmagan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mansabdor shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksiga ko‘ra ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
  5. Gurlan tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi besh kun muddatda ushbu qarorni 1-ilovasida ko‘rsatilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari e’tiboriga yetkazsin.
  6. Ushbu qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kirishi munosabati bilan tuman hokimining 2020-yil 30-sentabrdagi 2305-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  7. Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari O.Jabberganov mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
  8. Ushbu qaror tuman hokimligining rasmiy nashri hisoblangan “Gurlan hayoti” gazetasida e’lon qilinsin.
  9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov va tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Y.Akmanova zimmasiga yuklatilsin.

Sentabr 30, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 889 marta