TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHLAMOQCHI BO‘LGAN AYOLLARGA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI 

Gurlan tumani hokimligi va tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan, kasb-hunarga o‘qitilib, sertifikatga ega bo‘lgan 4 nafar ishsiz ayollarga subsidiya asosida 16,6 mln so‘m mablag‘ evaziga tikuv mashinalari, non va shirinlik pishirish uchun pechka taqdim qilindi. 


 
Tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Davlatov va tuman  aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari Y.Akmanovalar ishtirok etib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash arafasida turgan ayollarni tabriklab, ularning ishlariga omadlar tiladilar. 


 
Endilikda ushbu fuqarolar uy sharoitida o‘zini o‘zi band qilib,  tikuvchilik qilishlari va qandolat mahsulotlarini tayyorlagan holda oilasiga qo‘shimcha daromad  olib kelishlari  mumkin. 
 
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 05, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 686 marta