TADBIRKOR AYOLLAR UCHUN SEMINAR
Gurlan tumanida tadbirkorlik sohasida xotin-qizlar imkoniyatini oshirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida viloyat "Tadbirkor ayol" uyushmasi va Gurlan tuman hokimligi bilan hamkorligida tadbirkor ayollar uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda Xorazm viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari G.Kurbanbayeva, AT “Xalq banki” Xorazm viloyat filiali boshqaruvchisining ayollar va oilaviy tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'rinbosari F.Ishchanova, viloyat “Tadbirkor ayol” uyushmasi rahbari Z.Palvanova va viloyatimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkor va ishbilarmon ayollari ishtirok qildilar.
Shuningdek, tumandagi turli sohalarda faoliyat olib borayotgan tadbirkor ayollarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 676 marta