Statistika

2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Gurlan tumanida 471,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 161,4 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmning 34,2 % ni kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilgan.

Tarmoq korxonalari tomonidan 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida 209,6 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki umumiy hajmning 44,5 % ni tashkil etdi.

Hududiy korxonalari tomonidan 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida 261,9 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki umumiy hajmning  55.5 % ni tashkil etdi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Yanvar 20, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 644 marta