Sport musobaqalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6099-son Farmoni hamda 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi,Yoshlar ishlari agentligi Gurlan tuman bo’limi hamda Gurlan tumani sportni rivojlantirish bo’limi hamkorlikda 18-30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida sportning voleybol, basketbol va shaxmat turlari bo’yicha tuman birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.

Ushbu musobaqalar 3 bosqishdan iborat bo’lib:
1-bosqich mahalla birinchiligi;
2-bosqich sektor birinchiligi;
3-bosqich tuman birinchiligi.

Tuman birinchiligi musobaqasida sektorlar kesimida g’olib chiqqan mahalla jamoalari o’zaro bellashdilar.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo’lgan musobaqa natijalariga ko’ra:

 Voleybol sport turida
1.  Navbahor mahallasi;
2.  Olchin mahallasi;
3.   Madadkor mahallasi.

Basketbol sport turida
1.  Qatariq mahallasi;
2.  Gulshan mahallasi;
3.  Yangibog’ mahallasi.

♟Shaxmat sportida

O’g’il bolalar o’rtasida
1.  Aminov Bunyod “Bog’ishamol” mahallasi;
2.  Azimov Jo’rabek “Dehqonobod” mahallasi;
3.  Iskandarov Dilmurod “Gulshan” mahallasi.

Qizlar o’rtasida 
1.  O’razmetova Rukshona “Birlashgan” mahallasi;
2.  Ibragimova Saodat “Bog’ishamol” mahallasi;
3.  Nurumova Nafisa “Paxtakor” mahallasi.

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmat


Mart 15, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 648 marta