Sport
Gurlan tuman markazida zamonaviy trenajor zali foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish tadbirida tuman hokimi Murodjon Achilov, sektor rahbarlari nuroniylar va yosh sportchilar ishtirok etdi.
Zarur sport inventarlari bilan jihozlangan sport zalida yoshlar o’zlarini chiniqdirishlari hamda sportning boks, kurash kabi boshqa sport turlari bilan ham shug‘ullanish imkoniyati yaratildi.
Ushbu sport majmuasi faoliyati orqali kelajakda jahon chempionlari, olimpiada sovrindorlarini yetishtirib chiqarish maqsadi qo‘yilgan.
Endilikda ushbu zalda bir vaqtning o‘zida 60-70 nafar yoshlar sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 532 marta