Sport
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–92-son hamda 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–201-son qarorlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tuman xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda tuman sportni rivojlantirish bo‘limi hamkorlikda o’tkazilayotgan ommaviy sport musobaqalarining sektor bosqichiga start berilgan edi.
Jumladan, Gurlan tumanida sportning stol tennisi turida 4 ta yosh toifasi bo‘yicha sektor bosqichi musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda 250 nafardan ortiq yoshlar ishtirok qildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 679 marta