Shumanaydagi bugungi ezgu amallar ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda
Muhtaram Prezidentimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumani hududini ijtimoiyiq-tisodiy rivojlantirish bo‘yicha zarur topshiriqlar bergan edi.
Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov tashabbusi bilan hokim o‘rinbosarlari B.Atashev hamda M.Urazmetov boshchiligida Shumanay tumanidagi «Oqjop» ovul fuqarolar yig‘iniga yangi konteynerlar o‘rnatildi.
Saxovat tadbirlari davomida Shumanay tumanidagi 4, 8 va 14 - son maktablarga komyuter jamlanmasi, mahalla yoshlarini sportga jalb etish maqsadida uchun sport anjomlari topshirildi.
Shuningdek, mahalladagi ishsiz yoshlar bilan suhbatlashilib, o‘zini o‘zi band qilib tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan yoshlarga inkubator, tikuv mashinasi, chilangarlik asbob-uskunalari topshirildi. Sartaroshxona va go’zallik saloni ochish istagida bo’lgan yoshlar kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, Gurlan tuman hokimi boshchiligida Shumanay tumanidagi «Oqjop» ovul fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarga qo‘y va parrandalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari ham tarqatildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 552 marta