Shovot tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. 

Shovot tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Hakimboy Otaxonov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Xorazm viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Artiqov Odilbek Sadullayevich Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.


Mart 29, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 610 marta